Ishonch telefonlari:
(0-375) 223-22-50
qashqadaryo-arxiv@umail.uz
» » “O‘zarxiv” agentligi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida

“O‘zarxiv” agentligi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida

25 июль 2018, Среда
470
0


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 9 iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 11 apreldagi PF-5409-son Farmoni)  521-son qarorida quyidagilar belgilab qo‘yilgan:
1. Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 3 fevraldagi 49-son qarori (O‘zbekiston Respublikasii QT, 2004 y. 2-son, 8-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi to‘g‘risidagi Nizomning 8-bandida:
o‘n yettinchi xatboshi (Davlatga qarashli bo‘lmagan arxiv fondi hujjatlarini sotib olish yuzasidan davlatning huquqini amalga oshiradi. Bu borada “O‘zarxiv” agentligi tizimi organlari va muassasalariga ko‘maklashadi) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
o‘n sakkizinchi – o‘ttiz beshinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘n yettinchi – o‘ttiz to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin. 

O`xshash ma`lumotlar:

Sayyor qabul o'tkazildi
25 февраль 2018, Воскресенье
Sayyor qabul o'tkazildi
Yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkilotining
16 февраль 2018, Пятница
Yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkilotining
Vatan himoyachilari kuni
12 февраль 2018, Понедельник
Vatan himoyachilari kuni
BIZNING RAHBARIYAT
FOYDALI HAVOLALAR